O‘zbekistonda an’anaga ko‘ra yil oxirida respublika bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari vatanni himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun «Prezident archasi» tadbiri o‘tkaziladi.

XTV xabar berishicha, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan «prezident sovg‘asi» tarkibida shirinliklar, o‘quv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘alar bor.

Foto: XTV.

Bundan tashqari, joriy yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan 980 nafar tarbiyalanuvchi uchun zamonaviy planshet ham sovg‘alar tarkibiga kiritilgan.

Joriy yilda yilda 9070 dona prezident sovg‘asidan tarkib topgan sovg‘alar jamlanmasi tayyorlanib, hududlarga yuborildi.

Foto: XTV.

Ma’lum qilinishicha, prezident sovg‘asi respublikaning 10 ta hududlariga O‘zbekiston havo yo‘llari orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga esa davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport orqali yetkaziladi

Eslatib o‘tamiz, 2019 hamda 2020 yillar yakunida «Mehribonlik» va «Muruvvat» uylari, «SOS — bolalar mahallalari» tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 11 mingga yaqin bolajonlarga prezident sovg‘asi topshirilgandi. 2016 yil oxirida esa 11 ming dona prezident sovg‘asi tarqatilgandi.