«benzin» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshadi
27 fevral 2023, 18:17

O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshadi

O‘zbekistonda 1 martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llanishi muddati tugaydi. Shu kundan boshlab ushbu yoqilg‘i narxining oshishi kutilmoqda.

Benzin bozori
26 fevral 2023, 18:03

Benzin bozori

«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».

Foto: Benzinga navbat
6 fevral 2023, 12:13

Foto: Benzinga navbat

Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa “avvalgi zamon"da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent AYoQShlardagi navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.

«O‘zbekneftgaz» — yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar yuzaga kelgani haqida
4 fevral 2023, 15:10

«O‘zbekneftgaz» — yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar yuzaga kelgani haqida

«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlarni birja orqali olingan benzinning ba’zi xususiy AYOQSHlarda sotilmayotgani, narxlar sun’iy oshirilayotgani, shuningdek, talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi bilan izohladi.

O‘zbekistonda ayrim AYOQSHlarda AI-80 markali benzinni AI-91 (92) marka deb sotish holatlari aniqlandi
25 yanvar 2023, 20:08

O‘zbekistonda ayrim AYOQSHlarda AI-80 markali benzinni AI-91 (92) marka deb sotish holatlari aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonning qator hududlarida benzinni boshqa marka deb sotish va kam to‘ldirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Zarar 489 mln so‘mni tashkil etadi.

Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi
18 yanvar 2023, 09:31

Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

Tuproqqal’a tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in deyarli 3 soat davom etgan. Uning oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Xorazm viloyati FVB xabarida.

Angren neft bazasidan 11 500 litr benzin sizib chiqdi
12 dekabr 2022, 09:35

Angren neft bazasidan 11 500 litr benzin sizib chiqdi

Toshkent viloyati Angren neft bazasida 5000 metr kub hajmdagi sig‘im sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilib ketdi. Oqibatda zavoddan 11 500 litr benzin sizib chiqdi. Korxona rahbari hech kimga jiddiy zarar yetkazilmaganini ma’lum qildi.

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi
9 dekabr 2022, 14:20

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.

1-martga qadar davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi
7 dekabr 2022, 23:24

1-martga qadar davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi

Prezident Administratsiyasi rahbari topshirig‘iga asosan 2023-yilning 1-martigacha davlat muassasasiga qarashli mashinalarga gazdan foydalanishni vaqtincha taqiqlanadi. Shuningdek, 2 oy muddatga AI-80 benzini importi va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘i undirish bekor qilinadi.

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi
21 iyul 2022, 12:11

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi

O‘zbekiston hukumati 15 iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.

Ayrim AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi 7500 so‘mgacha ko‘tarildi
5 iyul 2022, 13:10

Ayrim AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi 7500 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi ba’zi AYOQSHlarda benzin narxi keskin ko‘tarildi. Xususan, bir litr Ai-80 — 7,5 ming so‘mgacha, Ai-92 — 10 ming so‘mgacha, Ai-95 benzini esa — 11 ming so‘mgacha sotilmoqda. “O‘zbekneftgaz” esa o‘ziga qarashli shoxobchalarda Ai-80 benzini narxi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

BNQIZ Ai-80 benzinini birjaga 3900 so‘mdan chiqarmoqda
11 iyun 2022, 14:36

BNQIZ Ai-80 benzinini birjaga 3900 so‘mdan chiqarmoqda

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 benzini tannarxi 2800 so‘mni tashkil qilmoqda, birjaga esa 3900 so‘mdan qo‘yilmoqda. May oxirida «O‘zbekneftgaz» ga qarashli AYOQSHlarda Ai-80 narxi 6800 so‘mgacha ko‘tarilgandi. «Benzin narxlarining ko‘tarilishida zavodning aloqasi yo‘q», — dedi zavod rahbari o‘rinbosari.

Ayrim AYOQSHlarda benzin to‘liq quyilmayotgani aniqlandi — Energetika vazirligi
3 iyun 2022, 21:00

Ayrim AYOQSHlarda benzin to‘liq quyilmayotgani aniqlandi — Energetika vazirligi

«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 43 ta holatda iste’molchilarga benzin har 10 litr uchun 10 dan 740 ml gacha kam quyilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Benzinga aksiz solig‘ining ko‘tarilishi uning chakana narxini oshirmaydi — «O‘zbekneftgaz»
31 may 2022, 11:55

Benzinga aksiz solig‘ining ko‘tarilishi uning chakana narxini oshirmaydi — «O‘zbekneftgaz»

1 iyundan boshlab neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari ko‘tarilishiga qaramasdan «O‘zbekneftgaz» tasarrufidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzinning chakana narxi oshirilmaydi, deb ma’lum qildi kompaniya.

Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasining 3 nafar xodimi benzin paridan zaharlandi
6 aprel 2022, 12:02

Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasining 3 nafar xodimi benzin paridan zaharlandi

Poytaxtning Chilonzor tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida uch nafar xodim benzin paridan zaharlanib, hushini yo‘qotdi. Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 7 ta sisterna benzin o‘g‘rilab ketildi
21 fevral 2022, 16:01

Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 7 ta sisterna benzin o‘g‘rilab ketildi

Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentga yuborilgan 7 ta sisternadagi AI-95 markali benzin o‘g‘rilab ketildi. Gumondorlar vagonlar lyukidagi tamg‘ani buzib, neft tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga ortib ketishgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2021-yilning 11 oyida benzin importi 36,3 foizga oshgan
5 yanvar 2022, 11:38

2021-yilning 11 oyida benzin importi 36,3 foizga oshgan

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oshgan.

«O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi
17 dekabr 2021, 10:30

«O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi

Juma kunidan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli respublikadagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida «AI-80» markali benzin narxi 6500 so‘mgacha arzonlashtirildi.

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi
26 noyabr 2021, 17:37

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.

«O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatadi
16 noyabr 2021, 22:11

«O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatadi

2022 yildan boshlab «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzinini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Birinchi marta bunday rejalar 2020 yilning iyun oyida e’lon qilingan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting