2024-yil aprel oyida O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,7 mlrd kub metrgacha kamaydi, deyiladi Statistika agentligining sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha “Gazeta.uz” o‘rganib chiqqan hisobotida.

Yillik hisobda, ya’ni 2023-yilning aprelidagi ma’lumotlar bilan solishtirganda qazib olish hajmi 6,1 foizga yoki 240 mln kub metrga kamaydi.

Yanvar-aprel oylarida qazib olish hajmi 15,3 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 5,9 foizga yoki 964,8 mln kub metrga kam hisoblanadi.

Agar joriy qazib olish hajmi ko‘rsatkichlari saqlanib qolsa (2023-yildagi 4,06 mlrd kubometrga nisbatan oylik o‘rtacha 3,82 mlrd kub metr), yil oxiriga borib gaz qazib olish hajmi qariyb 3 mlrd kub metrga qisqaradi.

2024-yil yanvar-aprel va 2020−2023-yillarning yanvar-aprel oylari ma’lumotlarining solishtirmasi. Manba: Statistika agentligi.2024-yil yanvar-aprel va 2020−2023-yillarning yanvar-aprel oylari ma’lumotlarining solishtirmasi. Manba: Statistika agentligi.

Aprel oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 7,67 mlrd kVt·soatgacha oshgan, bu o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 1,7 mlrd kVt·soatga (+27,6 foiz), 2024-yilning mart oyiga nisbatan esa 1,25 mlrd·kVt soatga ko‘proq.

Yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarish hajmi 27,97 mlrd kVt·soatni tashkil etdi, bu 2023-yilning to‘rt oylik ko‘rsatkichidan 7,2 foizga ko‘proq.

benzin, gaz qazib olish, dizel ёқилғиси, elektr energiyasi

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 foizi gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi, biroq fotoelektr stansiyalarining yangi quvvatlari ishga tushirilishi bilan ularning ulushi kamayib bormoqda.

Oylik ko‘mir qazib olish hajmi 2023-yilning aprel oyiga nisbatan 25,8 foizga kamaydi va 357,7 ming tonnani (-124,7 ming tonna) tashkil etdi. Yanvar-aprel oylarida qazib olish hajmi 9,8 foiz — 1,33 mln tonnaga kamaydi.

Neft qazib olish hajmi 62,2 ming tonnagacha kamaydi (2023-yil apreliga nisbatan -1,3 foiz yoki minus 800 tonna). To‘rt oylik qazib olish hajmi 241,3 ming tonnani tashkil etdi (bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga kam). Biroq bu 2023-yil oktabr oyi boshidan beri (63,9 ming tonna) maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi.

benzin, gaz qazib olish, dizel ёқилғиси, elektr energiyasi

Aprel oyida 103,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi, bu 2023-yilning apreliga (119,3 ming) nisbatan 13,3 foizga yoki 15,9 ming tonnaga kam hisoblanadi. To‘rt oylik ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslashda pasayish 8 foizni tashkil etdi — 504,6 ming tonnadan 464 ming tonnagacha.

Dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga kamaydi — 172,4 ming tonnadan 150,8 ming tonnagacha, shunga qaramay, bu 2024-yil mart oyiga (88 ming tonna) nisbatan 71,3 foizga ko‘proq hisoblanadi. 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan ko‘rsatkich 4,6 foizga kamayib, 361,9 ming tonnani tashkil etdi.

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi ham pasaydi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish hajmi 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha o‘sdi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish hajmi ham oshdi.

2023-yili O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz import qildi. Ta’minotdagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bunday holatga olib kelgan omillarni tahlil qilgandi.

Biz O‘zbekistondagi eng yirik gaz qazib oluchi hisoblangan “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi gaz qazib olish hajmini ko‘paytirish uchun yuzlab mln dollar sarmoya kiritayotgani, biroq ko‘rsatkich pasayishda davom etayotgani haqida yozgandik.