Urganch shahri markazida avtobus YTHga uchradi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yaradorlar ham bor. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘nlab odamlar ag‘darilib ketgan avtobusni ko‘tarib, yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
Andijonga Xitoydan konditsioner va kuzatuv kamerali 14 ta yangi avtobus keltirildi. Ular 70 yo‘lovchini tashish imkoniga ega.
12 apreldan boshlab Toshkentdan Qozog‘iston shaharlariga avtobus qatnovlari tiklanadi. Transport vazirligi beshta shaharga reyslar jadvali va chiptalar narxlarini e’lon qildi.
Poytaxt hokimining qarori loyihasiga ko‘ra, shahardagi avtobus bekatlarini namunaviy dizayn asosida qayta qurish rejalashtirilmoqda. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus pandus, 4G Wi-Fi, elektron tablo, kuzatuv kamerasi, chiqindi qutisi va LED ekran o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bekatlarni tadbirkorlarga vaqtincha foydalanishga berish ko‘zda tutilgan. Shu kabi takliflar 2020 yildan beri kiritiladi.
Tojikistonning Xo‘jand shahridan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Xo‘janddan avtobus ertalab soat 8:00 da yo‘lga chiqadi, soat 17:00 da esa Qo‘qondan harakatlanadi. Qatnov dushanbadan tashqari har kuni amalga oshiriladi.
Toshkentda 59-raqamli avtobus yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan. YTH oqibatida 2 kishi yengil jarohat olgan.
Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasi bor-yo‘g‘i — 21 foizni tashkil qiladi, tizimda qariyb 400 ta avtobus yetishmaydi. Yo‘llar piyoda va velosipedda yurish uchun qulay emas, buning oqibatida YTHlar ko‘p sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlandi prezident ishtirokidagi taqdimotda. Shavkat Mirziyoyev yangi avtobus hamda elektrobuslar xarid qilish va umuman, jamoat transportidan foydalanish darajasini hozirgidan 2 barobar oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Olmazor tumanida 43-sonli yo‘nalishdagi «ISUZU» rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash paytida yo‘l chetiga yiqilib tushgan piyodani urib ketdi. Buning oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Piyoda mast holatda bo‘lganligi aytilmoqda.
«Yangi yil» bayrami munosabati bilan dam olish kunlari poytaxtda avtobuslar va metro harakati vaqti o‘zgaradi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi jamoat transporti harakati 1 soatga uzaytiriladi. 5 yanvarga qadar ular yakshanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat yuritadi.
Uchtepa tumanida 125 yo‘nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz» avtobusi yonib ketdi. FVV yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 6 daqiqada yetib borgani va olov 4 daqiqada o‘chirilganini ma’lum qildi.
1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.
Poytaxtdagi jamoat transportlarida tegajog‘lik va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kampaniya boshlandi. Avtobus salonlarida bannerlar va favqulodda to‘xtatish tugmalari joriy qilindi. «Gazeta.uz» xarassment qurbonlari qanday harakat qilishi lozimligi, qolaversa, haydovchi va chiptachi ushbu holatga qay tarzda munosabat bildirishi kerakligi hamda xorijda zo‘ravonlikka qarshi qanday kurash olib borilayotganini o‘rgandi. O‘zbekiston qonunchiligida tegajog‘liq uchun javobgarlik mavjud emas. Huquqbuzarni «haqorat qilish» moddasi bilan javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan.
Hukumat 2022 yil oxirigacha O‘zbekiston hududlarida 310 ta yangi avtobus avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlarini tasdiqladi. Tashuvchilarning zarar miqdori 30% gacha bo‘lsa subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilishi mumkin.
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi bekat yonida turgan ikki piyodani urib yubordi. Yengil tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Toshkent shahrida 46 sonli yo‘nalishdagi MAN va 134 sonli yo‘nalishdagi Isuzu avtobuslari to‘qnashdi. Bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.
2021 yil sentyabr oyiga qadar Samarqand shahrida tezyurar avtobus liniyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 12 kilometrlik uzoqlikdagi liniya uchun Xitoydan katta sig‘imga ega avtobuslar sotib olinishi ko‘zda tutilmoqda.
Toshkentda 47 yo‘nalishdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusning dvigatelida yong‘in yuzaga keldi. Jabrlanganlar yo‘q.
25 noyabr kuni ertalab Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokidagi YTH yuz berdi. Unda haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting