Sport

Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar 6 ta medal oldi. Sovrindorlar haqida nimalar ma’lum?
4 mart 2024, 11:03

Toshkentda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar 6 ta medal oldi. Sovrindorlar haqida nimalar ma’lum?

Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar avvalgiga qaraganda kattaroq natijaga erishdi. Ular 6 ta medal olib, Fransiya va Yaponiyadan keyin umumhisobda 3-o‘rinda bo‘ldi. Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan turnirni yakunladi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi
29 fevral 2024, 15:32

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi va O‘zbekiston tarixida ushbu muvaffaqiyatga erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 6 ta medal oldi
28 fevral 2024, 14:23

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 6 ta medal oldi

Hindistonda o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medal: 4 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi.

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi
27 fevral 2024, 17:04

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi

“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi.

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga 9,2 mln yevro to‘lashi kerak — FIFA qarori
26 fevral 2024, 10:54

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga 9,2 mln yevro to‘lashi kerak — FIFA qarori

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubini braziliyalik futbolchilarga qariyb 9,2 million yevro (taxminan 124 milliard so‘m) to‘lash majburiyatini yukladi. Tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy mojarolar 2010-yildan beri davom etib kelmoqda.

Yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonliklar 4 ta medal oldi
20 fevral 2024, 11:31 1

Yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonliklar 4 ta medal oldi

Eronda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘FA buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan xabarlarni o‘rganmoqda
19 fevral 2024, 14:36

O‘FA buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan xabarlarni o‘rganmoqda

Championat.Asia O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar berdi. O‘FA ushbu holatni o‘rganayotganini bildirdi va “hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni” tarqatmaslikni so‘radi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirini uchta medal bilan yakunladi
19 fevral 2024, 11:09

O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirini uchta medal bilan yakunladi

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova oltin, Halima Qurbonova va Doston Ro‘ziyev esa bronza medallariga ega chiqdi (foto).

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi
16 fevral 2024, 00:02

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshiladi va 66-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik bokschilar “Stranja” turnirida yana birinchi o‘rinni egalladi
12 fevral 2024, 12:36

O‘zbekistonlik bokschilar “Stranja” turnirida yana birinchi o‘rinni egalladi

Bolgariyada boks bo‘yicha “kichik jahon chempionati” nomini olgan “Stranja” turnirida o‘zbekistonliklar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza olib, umumjamoa hisobida ketma-ket to‘rtinchi yil 1-o‘rinni egalladi.

Og‘ir atletika bo‘yicha OCHda o‘zbekistonliklar 25 ta medal oldi
12 fevral 2024, 11:45

Og‘ir atletika bo‘yicha OCHda o‘zbekistonliklar 25 ta medal oldi

Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida KXDR umumiy medallar bo‘yicha 1-o‘rin (33 ta medal), Janubiy Koreya 2-o‘rin (27 ta), O‘zbekiston esa 3-o‘rin (25 ta)ni egalladi. O‘zbekistonlik erkak sportchilar ochkolar borasida eng yaxshi natija ko‘rsatdi (umumiy ro‘yxat).

“Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor”. Shavkat Mirziyoyev — “Humo” xokkey klubining g‘alabasi haqida
8 fevral 2024, 12:46

“Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor”. Shavkat Mirziyoyev — “Humo” xokkey klubining g‘alabasi haqida

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentning “Humo” klubi Ostonaning “Nomad”ini mag‘lub etgan o‘yinni Humo Arena`dan turib tomosha qildi. “Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor! U kelishi bilan: “O‘zbeklar, agar qozoqlarga yutqazsangiz…” degandi”, — deya g‘alabaga izoh berdi Mirziyoyev.

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda
8 fevral 2024, 00:07

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda

Qatar terma jamoasi Eronni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular chempionlik uchun Iordaniya bilan bahslashadi. O‘yin 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi
7 fevral 2024, 20:41

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAning “Al-Vahda” klubida davom ettiradi, boshqa bir yarim himoyachi Oston O‘runov esa Eronning amaldagi chempioni “Persepolis"ga o‘tdi.

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin faoliyatini yakunladi
5 fevral 2024, 20:16

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin faoliyatini yakunladi

Tennischi Denis Istomin Devis kubogi doirasidagi O‘zbekiston-Polsha uchrashuvidan so‘ng professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U uch marta Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan, 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin, Guanjou-2010 da 2 ta kumush va Incheon-2014 da bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi
4 fevral 2024, 17:25

Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi

Futbolchi, O‘zbekiston MTJ a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tdi. Sportchi bilan 1,5 yillik shartnomaga kelishib olingan. U bir necha kun oldin Gretsiyaning “Panserraikos” jamoasini tark etgandi.

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida
4 fevral 2024, 14:03

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida
4 fevral 2024, 13:44

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar penaltilar seriyasi uchun mashq qilmaganini bildirdi. Jaloliddin Masharipov muxlislardan kechirim so‘rab, jamoa jahon chempionatiga chiqa olishiga ishontirdi.

O‘zbekiston Osiyo Kubogi chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi
3 fevral 2024, 23:34 1

O‘zbekiston Osiyo Kubogi chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida penaltilar seriyasida mezbon jamoa — Qatarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Endi qatarliklar finalga yo‘llanma uchun Eronga qarshi o‘ynaydi. Xavfli vaziyatlarga boy kechgan bahsdan video, foto va statistika.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi
3 fevral 2024, 01:54

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting