3−10-fevral kunlari Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilib, o‘zbekistonlik sportchilar unda umumiy ochkolar klassifikatsiyasida, shuningdek, erkaklar terma jamoasi ochkolar borasida eng yaxshi deb topildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yakunda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari jami 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘ardi. Yigitlar 7 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza medal olgan bo‘lsa, qizlar 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Umumiy medallar bo‘yicha kuchli uchlik:

  1. KXDR — 32 ta oltin, 1 ta kumush;
  2. Janubiy Koreya — 12 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza;
  3. O‘zbekiston — 8 ta oltin, 12 ta kumush, 5 ta bronza.

Medallar bo‘yicha erkaklar terma jamoalari:

  1. KXDR — 11 ta oltin, 1 ta kumush;
  2. O‘zbekiston — 7 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza;
  3. Janubiy Koreya — 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza.

Medallar bo‘yicha ayollar terma jamoalari:

  1. KXDR — 21 ta oltin;
  2. Janubiy Koreya — 8 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza
  3. O‘zbekiston — 1 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza

Umumiy ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha kuchli uchlik:

  1. O‘zbekiston;
  2. Janubiy Koreya;
  3. Xitoy Taypeyi.

Ochkolar bo‘yicha erkaklar jamoalari:

  1. O‘zbekiston;
  2. Janubiy Koreya;
  3. Xitoy Taypeyi.

Ochkolar bo‘yicha ayollar jamoalari:

  1. Janubiy Koreya;
  2. O‘zbekiston;
  3. Xitoy Taypeyi.

Quyida musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati va ular dast hamda siltab ko‘tarish bahslarida qancha og‘irlikdagi toshni ko‘tara olgani haqida ma’lumot:

  1. Munisa Odilova (-45 kg vazn toifasida) — (dast ko‘tarishda 57 kg + siltab ko‘tarishda 70 kg)
  2. Jamila Panfilova (-49 kg) — (81 kg + 93 kg)
  3. Adhamjon Ergashev (-61 kg) — (126 kg + 152 kg)
  4. Lyudmila Elefteriadi (-59 kg) — (82 kg + 101 kg)
  5. Nigora Abdullayeva (-59 kg) — (86 kg + 106 kg) — 3 ta bronza sohibi
  6. Ozoda Hojiyeva (-64 kg) — (85 kg + 107 kg)
  7. Shahnoza Jabborova (-64 kg) — (84 kg + 100 kg)
  8. Muhammadqodir Toshtemirov (73 kg) — (146 kg +170 kg)
  9. Doston Yoqubov (73 kg) — (146 kg + 184 kg)
  10. Mashhura Rustamova (-76 kg) — (86 kg + 108 kg)
  11. Nursulton Esbergenov (-89 kg) — (157 kg + 185 kg)
  12. Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg) — (167 kg +195 kg) — 1 ta oltin va 2 ta kumush medallar sohibi
  13. Rigina Adashboyeva (-81 kg) — (107 kg + 136 kg) — 3 ta kumush medal
  14. Nigora Suvonova (-87 kg) — (101 kg + 128 kg) — 1 ta oltin va 2 ta kumush medal
  15. Tursunoy Jabborova (+87 kg) — (116 kg + 142 kg) 1 ta bronza medal egasi
  16. Sunnatilla Usarov (96 kg) — (161 kg + 185 kg) — 3 ta kumush sohibi
  17. Akbar Jo‘rayev (-102 kg) — (180 kg + 220 kg) — 3 ta oltin medal
  18. Ruslan Nurudinov (-109 kg) — (175 kg + 207 kg) — 1 ta kumush va 2 ta oltin
  19. Sharofiddin Amriddinov (-109 kg) — (176 kg + 205 kg) — jami hisobda Ruslan Nurudinovdan 1 kg kam ko‘targan sportchi 1 ta oltin va 2 ta kumush egasi bo‘ldi.
  20. Rustam Jangabayev (+109 kg) — (192 kg + 232 kg) — 1 ta bronza medal.