Championat.Asia sport nashri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) buxgalteri 350 ming dollar (taxminan 4,3 milliard so‘m)ni o‘zlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar berdi.

O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

“OAV vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. O‘rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.

“Gazeta.uz” holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga so‘rov yubordi.