Jamiyat

“Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
25 iyul 2024, 15:08

“Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga mo‘ljallangan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida 500 o‘rinli Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. 1-sentabrga qadar zarur ishlar amalga oshirilib, tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi
25 iyul 2024, 14:28

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi mavsumiy avtobuslar qatnovi kuniga 4 martagacha ko‘paytirildi. Yo‘lkira narxi 20 000 so‘m.

Polshada O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik o‘smirlarga hujum qilmagan, o‘zini himoya qilgan — elchixona
25 iyul 2024, 14:00

Polshada O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik o‘smirlarga hujum qilmagan, o‘zini himoya qilgan — elchixona

O‘zbekiston fuqarosi Polshada 15 yoshli ukrainalik o‘smirlarga hujum qilgani yo‘q, u o‘zini himoya qilgan, deya xabar qildi O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi. Yigit firibgarlar unga bosqinchilik uyushtirganini aytdi. Fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi.

“APEX INSURANCE” AJ dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Olimpiya o‘yinlarida qo‘llamoqda
25 iyul 2024, 13:00

“APEX INSURANCE” AJ dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Olimpiya o‘yinlarida qo‘llamoqda

APEX INSURANCE dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qo‘llab-quvvatlaydi va Dzyudo federatsiyasiga jamoani tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal ko‘targan erkak 10 sutkaga qamaldi
25 iyul 2024, 12:59

Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal ko‘targan erkak 10 sutkaga qamaldi

Telegram kanalda missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida “xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va so‘kingan”. Bu uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi 7 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
25 iyul 2024, 12:12

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi 7 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkordan 14 ming dollar so‘rab, undan 7 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda.

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
25 iyul 2024, 10:07

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Agar bu holat kuzatilsa bemorga birinchi tez yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirib o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 8 kishi vafot etdi
25 iyul 2024, 08:53

Qoraqalpog‘istonda Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 8 kishi vafot etdi

Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 5 kishi shifoxonada vafot etdi.

Farg‘onada 7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
25 iyul 2024, 01:33

Farg‘onada 7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi.

24-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 iyul 2024, 22:51

24-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gaz importini 4 baravar oshirgan O‘zbekiston, Toshkentda daraxt kesgan niqoblilar, Olimpiadadagi ishtirokini boshlagan milliy terma jamoa, yaqin kunlar juda issiq bo‘lishini aytgan O‘zgidromet va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda yaqin besh kun juda issiq bo‘ladi
24 iyul 2024, 20:55

O‘zbekistonda yaqin besh kun juda issiq bo‘ladi

O‘zgidromet 25−29-iyul kunlari keskin jazirama bo‘lishi haqida xabar berdi. Shu kunlarda havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida +44…+45 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda Notcoin sotgan yana bir shaxs 10 sutkaga qamaldi
24 iyul 2024, 17:18

O‘zbekistonda Notcoin sotgan yana bir shaxs 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida Notcoin savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli shaxs 10 sutkaga qamaldi. Ayblanuvchining smartfoni tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Surxondaryodagi xonadonlarning biriga kirib qolgan bo‘ri tabiatga qo‘yib yuborildi
24 iyul 2024, 15:02

Surxondaryodagi xonadonlarning biriga kirib qolgan bo‘ri tabiatga qo‘yib yuborildi

Denov tumanidagi xonadonlarning biriga bo‘ri kirib qoldi. Mutaxassislar tomonidan jonzotning salomatligi ko‘zdan kechirilib, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga qo‘yib yuborildi.

IT Park University va Women in Tech IT sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun kuchlarini birlashtiradi
24 iyul 2024, 15:00

IT Park University va Women in Tech IT sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun kuchlarini birlashtiradi

IT Park University, Women in Tech vakillari va IT Park University talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Women in Tech`ning maqsadlari va yaqin rejalari ham taqdim etildi.

Ombudsman harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardan yarim yillik monitoring natijalarini e’lon qildi
24 iyul 2024, 13:45

Ombudsman harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardan yarim yillik monitoring natijalarini e’lon qildi

Ombudsman yarim yil ichida 452 marotaba jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari, reabilitatsiya markazi, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari va boshqa joylarga borib, monitoring o‘tkazdi. Shuningdek, joylarda saqlanayotganlar va ularning yaqinlaridan kelgan 1271 ta murojaatni o‘rganib chiqdi. Hisobot

Oq qayiqda — maqsad sari: Parij-2024 Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan Muhayyo Abdusattorova hikoyasi
24 iyul 2024, 12:41

Oq qayiqda — maqsad sari: Parij-2024 Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan Muhayyo Abdusattorova hikoyasi

U irsiy kasallik tufayli 3 yoshida yurolmay qolgan, 12 yoshigacha bunga “svet” yo‘q payti qilingan ukolni sabab deb bilgan. “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan Muhayyo Abdusattorova.

Toshkentda niqobli ikki shaxs o‘zganing uyi oldidagi daraxtni kesib ketdi
24 iyul 2024, 11:57

Toshkentda niqobli ikki shaxs o‘zganing uyi oldidagi daraxtni kesib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs o‘zga bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketdi. Ular qo‘lga olingan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Olti oyda noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullangan salkam 300 kishiga jarima qo‘llandi
24 iyul 2024, 11:00

Olti oyda noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullangan salkam 300 kishiga jarima qo‘llandi

Olti oyda ov qilish qoidalarini buzgan 298 nafar shaxsga nisbatan jami 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Qator hududlarda muddati o‘tgan ov yo‘llanmalardan foydalanilgani aniqlandi.

Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi
24 iyul 2024, 10:07

Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi. 2024/2025 o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi

Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi
24 iyul 2024, 09:41

Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi

Sariosiyo tumanida Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘ldagi Nexia 3 bilan to‘qnashib, jarlikka quladi. Oqibatda undagi 17 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting