Jamiyat

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tariladi
22 iyul 2024, 13:45

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tariladi

O‘zbekistonda ish haftasi biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Chorshanba kunidan boshlab harorat ko‘tarilishi kutilmoqda, havo +38…+43 darajagacha qiziydi.

Soliq qo‘mitasi raisi do‘konda QR-kodli chek so‘ragan bolaga shaxsan minnatdorchilik bildirdi
22 iyul 2024, 13:38

Soliq qo‘mitasi raisi do‘konda QR-kodli chek so‘ragan bolaga shaxsan minnatdorchilik bildirdi

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev do‘konda QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi urgan bola bilan uchrashdi. U bolaga minnatdorchilik bildirdi va “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” dedi. Sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Chorvoqda gidrotsikl katamaranga kelib urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
22 iyul 2024, 12:25

Chorvoqda gidrotsikl katamaranga kelib urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Samarqandda Nexia 3 ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi
22 iyul 2024, 10:16

Samarqandda Nexia 3 ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda.

Davlat granti bo‘yicha 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
22 iyul 2024, 09:43

Davlat granti bo‘yicha 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Shu yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi.

Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni qurilish sohasida ishga taklif qilmoqda
21 iyul 2024, 19:07

Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni qurilish sohasida ishga taklif qilmoqda

Yaponiya qurilish kompaniyasi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan quruvchilarni qidirmoqda. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari bir qator talablarga javob bersa, ishga joylashish uchun murojaat qilishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Soliq va sug‘urtalardan keyingi “sof” ish haqi 16 mln so‘mgacha bo‘ladi.

Sirdaryoda do‘kon sotuvchisi QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi
21 iyul 2024, 18:37

Sirdaryoda do‘kon sotuvchisi QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi

Guliston shahrida do‘kon sotuvchisi 12 yoshli bolaga QR-kodli chek so‘ragani uchun tarsaki tushirdi. Holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
21 iyul 2024, 11:40

Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bir necha o‘t o‘chirish ekipajlari, jumladan, aeroportning uchta o‘t o‘chirish mashinasi uni bir necha soat davomida o‘chirdi. Hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Buxoroda xorijdagi eriga jahl qilib, bolalarini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi
21 iyul 2024, 09:53

Buxoroda xorijdagi eriga jahl qilib, bolalarini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

Jondor tumanida ayol xorijdagi eriga jahl qilib, 3−4 yoshli qizlarini kaltaklagandi. Bolalar ombudsmani bolalarda jarohat aniqlanmagani va unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi. Ayol “farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona” sifatida ro‘yxatga olindi.

Farg‘onada Damas’dan sakrab tushgan yo‘lovchini boshqa Damas bosib ketdi
20 iyul 2024, 17:24

Farg‘onada Damas’dan sakrab tushgan yo‘lovchini boshqa Damas bosib ketdi

Farg‘ona shahrida Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushgan yo‘lovchini qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan boshqa Damas bosib ketdi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi.

Toshkent YHXB boshlig‘i bahorda lavozimidan ozod etilgan, lekin bu haqda rasman e’lon qilinmagan
20 iyul 2024, 13:56

Toshkent YHXB boshlig‘i bahorda lavozimidan ozod etilgan, lekin bu haqda rasman e’lon qilinmagan

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.

Siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha komissiya tuzildi
20 iyul 2024, 11:57

Siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha komissiya tuzildi

Siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. oktabr oyida qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi o‘tkaziladi. 1937−1953-yillarda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan.

Sirdaryoda jami 28,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan 2 ta gaz “zapravka” aniqlandi
20 iyul 2024, 11:27

Sirdaryoda jami 28,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan 2 ta gaz “zapravka” aniqlandi

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan 2 ta AGTKSH aniqlandi. Ularning biri 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr, ikkinchisi esa 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgani aytilmoqda.

Yangi Bank: O‘zbekistonda qanday qilib raqamli bank qurish mumkin?
20 iyul 2024, 11:00

Yangi Bank: O‘zbekistonda qanday qilib raqamli bank qurish mumkin?

Yangi Bank AJ boshqaruvi raisi Svetlana Xe innovatsion raqamli bank yaratish, shuningdek, uning oldida turgan muammolar va istiqbollar haqida gapirdi.

Zangiotada qanoti yaralanib aholi uyiga kelib qolgan laylakka yordam ko‘rsatildi
20 iyul 2024, 10:13

Zangiotada qanoti yaralanib aholi uyiga kelib qolgan laylakka yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyatida aholi xonadoniga laylak o‘ng qanoti yaralangan holda kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Zangiota tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Qushning salomatligi yaxshilangandan so‘ng ochiq tabiatga qo‘yib yuborilishi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
20 iyul 2024, 09:34

O‘zbekistonda aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi

O‘zbekiston aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlari tuziladi. Buning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.

Toshkentda Spark “peshexod”dan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi
20 iyul 2024, 00:01

Toshkentda Spark “peshexod"dan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

19-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
19 iyul 2024, 23:00

19-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Demontaj qilinadigan tashqi reklama obyektlari, “Ipotekabank"ni jarimaga tortgan Raqobat qo‘mitasi, 20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy”, butun dunyo bo‘ylab Microsoft’dagi uzilishlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Haydovchilar endi mobil radar ko‘rsatkichlari va sertifikatlarini talab qila olmaydi
19 iyul 2024, 22:26

Haydovchilar endi mobil radar ko‘rsatkichlari va sertifikatlarini talab qila olmaydi

Haydovchilar YPX xodimlaridan YHXX avtomashinalaridagi ko‘chma radarlar va qurilmalarda qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari ko‘rsatkichlarini hamda ushbu qurilmalarning muvofiqlik sertifikatini talab qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu imkoniyat sudda jarimaga e’tiroz bildirish imkonini berardi.

Buxoroda fermer xo‘jaliklari qariyb 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
19 iyul 2024, 20:56

Buxoroda fermer xo‘jaliklari qariyb 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting