Britaniyaning Cable portali tomonidan tuzilgan eng arzon elektr energiyasiga ega davlatlar reytingida O‘zbekiston 7-o‘rinni egalladi. Mamlakatda bir kilovatt-soat elektr energiyasi 0,027 dollar ekani qayd etildi.

Birinchi o‘nlikka Qirg‘iziston (4-o‘rin, 0,017 dollar) va Tojikiston (6-o‘rin, 0,023 dollar) ham kirgan.

Dunyodagi eng arzon elektr energiyasi esa Liviyada (1-o‘rin, 0,007 dollar), eng qimmati — Solomon orollari (0,591 dollar) ekani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Hisob palatasi 2022 yilda energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va issiqlik energiyasi, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari narxlari oshirilishini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq The Economist jurnalining 2021 yilgi reytingida Toshkent dunyoning eng arzon shaharlari uchligidan joy olgani xabar qilindi. Reytingni tuzishda barcha shaharlar bazaviy 100 reytingiga ega Nyu-York bilan solishtirilgan.