O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘zining Telegram-kanalida vazirlik xodimlari endilikda ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni rejalashtirganlarini ma’lum qildi.Vatandoshlarni 8 dekabr — Konstitutsiya kuni bilan tabriklar ekan, vazir mazkur tashabbus orqali milliy an’analarni targ‘ib etishda namuna ko‘rsatish maqsad qilinganini ta’kidladi.

Vazir e’lon qilgan videoda vazirlik xodimlari — ayollar va erkaklarning boshlarida do‘ppi bilan mehnat qilayotgani aks etgan.

«Barcha soha vakillari, ijodkorlar, vatan fidoyilarini, ko‘ngillilarni ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolaman. Qomusimiz himoyalagan yana bir qadriyatimizni hayotga qaytarishga shoshiling», — deya qayd etdi Ozodbek Nazarbekov.