Sotsial-demokratik partiya (SDP) nomzodi Olaf Shols 8 dekabr kuni Germaniyaning yangi federal kansleri lavozimiga saylandi. Bundestagning 395 deputati uni yoqlab ovoz berdi, deb xabar berdi Deutsche Welle.

Olaf Shols 1958 yilda Osnabryukda tug‘ilgan. Mutaxasisligi bo‘yicha huquqshunos hisoblanadi. U ikki marta — 1998−2001 va 2002−2011 yillarda Bundestag deputati bo‘lgan. 2007−2009 yillarda mehnat vaziri, 2011−2018 yillarda Gamburgning birinchi burgomistri bo‘lgan, 2018 yil martidan Moliya vazirligini boshqargan va bir vaqtning o‘zida vitse-kansler lavozimida faoliyat olib borgan. Shols Germaniyaning to‘qqizinchi kansleri bo‘ldi.

Mamlakat Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‘ra, kansler parlament (Bundestag) tomonidan saylanadi va uni prezidentga tasdiqlash uchun taklif qiladi. G‘alaba qozonish uchun kamida 369 deputatning ovozi zarur. Shols nomzodini nafaqat SDP deputatlari, balki Yashillar va Erkin Demokratik partiyalari ham qo‘llab-quvvatladi. Germaniyada uchta siyosiy kuch yangi hukmron koalitsiya tuzishi kerak, deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Angela Merkelning Germaniya federal kansleri lavozimidagi vakolati rasman yakunlangani haqida xabar berilgandi.