O‘zgidromet ob-havoning yomonlashishi kutilayotgani haqida shoshilinch axborotni e’lon qildi.

O‘zbekiston hududiga 12−15 dekabrda Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

Respublikada 12−14 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 12−13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘ylab havo haroratini me’yordan 8−10 daraja pasayishi kutilmoqda.

13−15 dekabr kunlari havo harorati kechalari −3…−8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0…+5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari −7…−12 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda −14…−16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari −3… daraja sovuq +2 daraja iliqqacha pasayadi.