15 iyul kuni Andijon viloyati IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumanida yashovchi ikki fuqaro giyohvand modda sotayotgan vaqtida ushlandi.

Organ ma’lumotiga ko‘ra, gumondorlar fuqaroga og‘irligi 455,5 gramm bo‘lgan «gashish» giyohvandlik moddasini 5000 AQSh dollari evaziga sotishga uringan.

Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi JKning 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Hozirda surishtiruv davom etmoqda.

Gumondorlarning aybi sud majlisi davomida o‘z tasdig‘ini topsa, ular 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.