Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari bo‘lgan Bobur Abdinazarov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Administratsiyasiga yaqin bo‘lgan Nigoh Telegram-kanali xabar bermoqda.

U mazkur lavozimga 2020 yilning 26 mart kuni tayinlangandi.

Bobur Abdinazarov (1983 yilda tug‘ilgan,) 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2003). Shuningdek, Yaponiya Xalqaro universitetida tahsil olgan.

O‘z faoliyatini 2005 yilda Rishton tumani «Rishton teks» OAJ bosh hisobchi yordamchisi, direktor o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007 yildan O‘zbekiston Moliya vazirligi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.

2007−2010 yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xo‘jalik hisobidagi korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti bo‘limi bosh iqtisodchisi. 2010−2014 yillarda Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi uslubiyoti bo‘limi bosh iqtisodchisi va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2017−2018 yillarda Moliya vazirligi Agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasining Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini iqtisodiy tahlil qilish, hamda qishloq va suv xo‘jaligi moliyasi bo‘limiga rahbarlik qildi. 2018−2019 yillarda Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

ITKQ vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayoinlanguncha Bobur Abdinazarov Moliya vazirligi Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.