O‘zbekiston aholisi o‘zining bank hisob raqamlari va kartalaridan naqd pul yechib olishda ancha faollashdi. Bu Markaziy bankning birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha hisobotida qayd etilgan.

2022 yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 316,3 trln so‘mni tashkil etgani holda, 2021 yilning mos davriga nisbatan 36,4 foizga oshdi. Bu vaqt ichida bank kassalariga 152,3 trln so‘m naqd pul tushgan. 164,0 trln so‘m naqd pullar chiqim qilingan.

Shu davrda bank kassalariga 152,3 trln so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32%ga oshdi) naqd pul tushdi. Jumladan, savdo va xizmatlar sohasi daromadlari 25 foizga (14,3 trln so‘m) oshdi, jami tushumlar tarkibida uning ulushi 2,6 foizli bandga kamaydi. Shu bilan birga, bank xizmatlaridan tushum 53,4 foizga (17,6 trln so‘m) o‘sdi, buning natijasida ularning ulushi 5 foiz bandga oshdi.

Savdo va xizmatlardan olingan jami daromadlarda terminallar orqali to‘lovlar o‘sishi fonida naqd pul mablag‘larining ulushi o‘tgan yilgan nisbatan 64 foizdan 62,5 foizga — terminal orqali to‘lov esa 36 foizdan 37,5 foizga kamaydi. Agar naqd pul tushumlari 14,3 trln so‘mga oshib, 71,7 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, naqd pul tushumlari 10,8 trln so‘mga oshib, 43 trln so‘mga yetdi.

Bank kassalari, shu jumladan bankomatlar orqali naqd pul iste’moli 40,8 foizga oshib, 164 trln so‘mgacha yetdi. O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning kassa xarajatlari daromadlardan 1,1 trln so‘mga oshib ketgan bo‘lsa, joriy yilda bu farq 10 barobarga oshib, 11,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Bank kartalaridan naqd pul yechib olish 22,2 trln so‘mga yoki 52,7 foizga oshgani hisobiga banklar ko‘proq naqd pul berishmoqda. Qolaversa, bunga chet el valyutasini sotib olish uchun naqd pul miqdorining 13,6 trln so‘mga yoki 43,7 foizga oshgani ham sabab bo‘ldi.

Markaziy bank ushbu talabni 11,8 trln so‘m miqdorida qo‘shimcha naqd pul muomalasiga chiqarish hisobiga qopladi.

Natijada naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi ortdi. O‘tgan yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 22,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir 25,6 foizni tashkil qilmoqda.