Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf 79 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Dubayda vafot etdi, deya xabar bermoqda «Interfaks» nashri.

Parvez Musharraf 1943 yilda Dehlida tug‘ilgan. U Pokiston qurolli kuchlarida qator lavozimlarda faoliyat yuritgan, 1998 yilda esa Pokiston armiyasi bosh shtab boshlig‘i bo‘lgan.

Sobiq prezident mamlakatni 2001−2008 yillarda boshqargan. 2008 yilda impichment e’lon qilingan va o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqan.

2013 yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, o‘limga hukm qilingandi. Parvez Musharraf 2003−2005 yillar davomida uchta suiqasddan omon qolgan. Pokiston razvedka idoralariga ko‘ra, yana 14 ta suiqasdning oldi olingan.

2016 yilda Musharrafga davolanish uchun BAAga borishga ruxsat berilgandi, o‘limiga qadar Dubayda yashab kelgan.