O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ko‘paydi, Rossiyaning ulushi esa kamaydi — Markaziy bank
25 aprel 2024, 19:13

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ko‘paydi, Rossiyaning ulushi esa kamaydi — Markaziy bank

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi oshdi. Bu haqda 25-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chiptalar narxi yana oshadi
25 aprel 2024, 18:21

“Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chiptalar narxi yana oshadi

15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohladi.

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berildi
25 aprel 2024, 17:26

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mart oyidan beri telefondan foydalanmay kelgan Angren shahridagi 17-maktabni 300 mln so‘m bilan mukofotladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordamini yubordi (foto)
25 aprel 2024, 16:20

O‘zbekiston Afg‘onistonga 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordamini yubordi (foto)

O‘zbekistondan Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yetib bordi. Yordam tarkibidan un, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, konservalangan go‘sht mahsulotlari, makaron, shakar va boshqalar o‘rin olgan.

Ekologik partiya Do‘stlik bog‘i yuzasidan Toshkent hokimligiga deputatlik so‘rovini yuboradi
25 aprel 2024, 16:12

Ekologik partiya Do‘stlik bog‘i yuzasidan Toshkent hokimligiga deputatlik so‘rovini yuboradi

Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘idagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim, deya ta’kidladi Ekologik partiya. Shu yuzasidan partiya hokimlikka deputatlik so‘rovini yuborishni ma’lum qildi.

“Bog‘lar xalqniki bo‘lishi kerak”. “Adolat” partiyasi — Qodiriy va Bobur bog‘larini ijaraga berish haqida
25 aprel 2024, 14:35

“Bog‘lar xalqniki bo‘lishi kerak”. “Adolat” partiyasi — Qodiriy va Bobur bog‘larini ijaraga berish haqida

“Adolat” partiyasi Toshkent hokimligini Abdulla Qodiriy va Bobur nomidagi istirohat bog‘larini ijaraga berish kabi muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin o‘rganib, jamoatchilik fikrini inobatga olishga chaqirdi.

Devid Kemeronning tashrifida Toshkent va London nimalarga kelishib oldi? (foto, video)
25 aprel 2024, 14:22

Devid Kemeronning tashrifida Toshkent va London nimalarga kelishib oldi? (foto, video)

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi chog‘ida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, tezyurar temiryo‘l loyihalari va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha dasturlar e’lon qilindi.

Odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan yigit taqdirlandi
25 aprel 2024, 12:48

Odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan yigit taqdirlandi

Jizzax viloyatida odam o‘ldirishda gumonlanib, voqea joyidan qochib ketgan shaxsni ushlashda yordam bergan Jahon tillari universiteti talabasi taqdirlandi. Yigitga qo‘l soati, 5 mln so‘m pul va ota-onasi nomiga tashakkurnoma berildi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
25 aprel 2024, 12:38

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha 2024-yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9−11 foizgacha oshirildi.

O‘zbekistonga liftlar importi vaqtincha to‘xtatildi. Biznes ochiq raqobat muhitini so‘ramoqda
25 aprel 2024, 11:49

O‘zbekistonga liftlar importi vaqtincha to‘xtatildi. Biznes ochiq raqobat muhitini so‘ramoqda

O‘zbekistonga lift import qiluvchi tadbirkorlar olgan 3 yillik muvofiqlik sertifikatlari amal qilishi 20-martdan keyin to‘xtatib qo‘yildi. Biznes mas’ul idoralar vaziyat bo‘yicha asosli javob bermayotganini ta’kidlamoqda. Tadbirkorlar ochiq raqobatni so‘rab, import cheklovlarini xato deb atayapti.

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi
25 aprel 2024, 11:35

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi

DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.

10 kunda 500 dan ortiq mashina havoga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi
25 aprel 2024, 11:16

10 kunda 500 dan ortiq mashina havoga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi

“Toza havo” oyligi doirasida 10 kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bunda 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi. 300 dan ortiq haydovchi jarimaga tortildi.

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir” — YUNISEF
25 aprel 2024, 10:52

“O‘zbekistonda immunizatsiya tarixi insoniyat g‘alabasi tarixidir” — YUNISEF

O‘zbekistonda emlash dasturi 3,5 mln bola, jumladan, har yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi 3 dozali vaksina oladigan 950 ming bolani qamrab oladi. Butunjahon emlash haftaligi munosabati bilan YUNISEF emlash harakatlari bolalarning omon qolishi va salomatligi uchun naqadar muhim ekanini eslab o‘tdi.

Atlas Party`dagi ayollar va ularning liboslarini haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi
25 aprel 2024, 10:30

Atlas Party`dagi ayollar va ularning liboslarini haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Sud Toshkentdagi Atlas Party tadbirida qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqorat qilgan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Germaniyada Markaziy Osiyodan bo‘lgan 7 kishi terrorchilikda ayblanmoqda
25 aprel 2024, 10:09

Germaniyada Markaziy Osiyodan bo‘lgan 7 kishi terrorchilikda ayblanmoqda

Germaniya prokuraturasi Markaziy Osiyoning yetti fuqarosini terrorchilik guruhi tuzish va ISHIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Ular o‘tgan yozdan beri hibsda saqlanmoqda.

Argentinada yuz minglab odamlar ta’lim islohotiga qarshi namoyishga chiqdi
25 aprel 2024, 09:15

Argentinada yuz minglab odamlar ta’lim islohotiga qarshi namoyishga chiqdi

800 mingga yaqin odam Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqib, davlat universitetlari rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga qarshi chiqdi. Universitetlarni moliyalashtirishni kamaytirish qarori Argentina prezidenti Xaver Miley tashabbusi bilan qabul qilingandi.

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi
24 aprel 2024, 23:50

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi
24 aprel 2024, 22:21

Samarqandda 13 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Samarqandning Ishtixon tumanidagi Zarband konidan o‘zboshimchalik bilan 13,1 ming kub marmar qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi
24 aprel 2024, 22:03

Samarqandda 15 yoshli qiz jismoniy tazyiq ostida qolgani aniqlandi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Orolbo‘yidan 70 mln yillik dinozavr suyagi topildi
24 aprel 2024, 21:31

Orolbo‘yidan 70 mln yillik dinozavr suyagi topildi

Slovakiyalik olimlar Orolbo‘yi hududida 70 mln yillik noyob topilmalarni, jumladan, suvda yashaydigan kichik dinozavr turining suyagini aniqladi. Ammo O‘zbekistonda tahlil qilish imkoni bo‘lmagani sababli suyaklar Slovakiyaga olib ketildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting