Toshkentning Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida maishiy zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun ikkita reabilitatsiya va moslashish markazi ochildi.
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Markaziy Osiyo bo‘ylab safari doirasida 18−21-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Termizdagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida sodir bo‘lgan portlash natijasida halok bo‘lgan ikki erkakning shaxsi aniqlandi. Bosh prokuratura portlash sabablariga oydinlik kiritdi (+video).
Termizning Alisher Navoiy ko‘chasidagi 10-uyda ertalab portlash sodir bo‘ldi, ikki kishi vafot etdi.
Prezident Fuqarolik kodeksining yangi tahririni tayyorlashga farmoyish berdi.
«Samsung Electronics» hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Koreys millatiga mansub fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishda Janubiy Koreya elchixonasi huquqiy yordam olishlari mumkin.
AQSH moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass Jahon banki prezidenti etib tayinlandi.
«O‘zbekkino» milliy agentligi direktori Furqat Zokirov filmlar asosida teleseriallar olinayotganini ma’lum qildi.
Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Toshkentdagi chiqindilarni yuklash va utilizatsiya qilish bo‘yicha davlat korxonalariga 60 nafar muayyan yashash joyi bo‘lmagan shaxs ishga joylashtirildi. Ular turar joy, tibbiy xizmat, oziq-ovqat va oylik maosh bilan ta’minlandi.
Namangan viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvi ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi poytaxtda ham uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
Prezident Baxshichilik festivalidagi nutqida «ommaviy madaniyat», shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotganini ta’kidladi.
Ombudsman, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Yuksalish» harakati vakillaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy muammolarni o‘rgandi.
DSQ Shayxontohur tuman Davlat soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Adliya organlarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan nol darajadagi toqatsizlik e’lon qilindi va idoraviy dastur qabul qilindi.
Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida qatnashish uchun Surxondaryoga kelgan Shavkat Mirziyoyev Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.
Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda 25 kilometrli avtomarafon o‘tkaziladi.
NHHLM portaliga prezidentning «Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Baxtiyor Anorqulov «O‘ztransgaz» raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi. Bunga «Lukoyl» oldidagi 600 mln dollarlik qarz sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting