7 aprel kuni Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxt ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrli avtomarafon o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir soat 09.00 da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o‘tish joyi (mo‘ljal Pushkin haykali ilgari turgan maydon oldi)dan boshlanadi. Avtomarafon Mustaqillik shoh ko‘chasidan boshlanib, Kichik halqa yo‘li orqali Bunyodkor va undan keyin Alisher Navoyi shoh ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtotransport vositalarida qatnashadi. Marafon doirasida harbiylar Amir Temur obrazini gavdalantirib, o‘sha yillardagi askariy kiyimlarni kiyishadi.

7 aprel kuni soat 09.00dan 12.00 ga qadar Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi.