Toshkentning Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida zo‘ravonlikdan jabrlangan va suiqasdlardan ogohlantirish bo‘yicha ikkita Ayollar reabilitatsiya va moslashish markazi ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Mazkur shelterlar Bektemir, Mirobod, Yashnobod hamda Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari uchun xizmat ko‘rsatadi.

«Markazlar zo‘ravonlik qurbonlariga o‘z vaqtida va manzilli yordam ko‘rsatish, shuningdek suiqasdlarning oldini olish va profilaktikasi uchun tashkil etildi. Ayollar malakali mutaxassislardan tibbiy, psixologik va huquqiy yordam olishlari mumkin», — deyiladi xabarda. Shelterda istiqomat qiluvchilar kasb-hunar o‘rganish imkoniyatiga ham ega.

Sergeli va Yakkasaroy, Shayxontohur va Olmazor, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida ham shu kabi shelterlarni ochish rejalashtirilmoqda.

Ayollar xavfsizligini ta’minlash uchun shelterlar manzillari sir saqlanadi, deya qayd etdi matbuot xizmati. O‘zbekiston bo‘yicha 160 ta shu kabi reabilitatsiya markazlari ochiladi.

Eslatib o‘tamiz, qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollarga yordam berish uchun 1146 tezkor aloqa raqami faoliyat ko‘rsatmoqda.