Baxtiyor Rahmonqulovich Anorqulov «O‘ztransgaz» kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan chetlatildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatidagi axborot manbasi.

Lavozimidan chetlatilishiga «Lukoyl» oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mart oyi boshida biz O‘zbekistonning 2018 yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorida qarzdor bo‘lib qolgani haqida yozgan edik.

«Lukoyl"ning qazib olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov O‘zbekiston mahsulotni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi kelishuvda qazib olingan gaz to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston qazib olingan gazning bir qismini ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma’lum qilgan edi.

«O‘ztransgaz» «Gazeta.uz» so‘roviga Baxtiyor Anorqulovning ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi hujjat hozirda mavjud emas, deya javob berdi.