Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi 1 apreldan koreys millatiga mansub fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishda huquqiy yordam ko‘rsatishni boshladi, deya xabar qildi diplomatik missiya «Gazeta.uz"ga.

Jumladan, elchixona fuqarolik olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda huquqiy maslahat berib, keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bu jarayonda jismoniy yordam ko‘rsatmoqda.

«Elchixona fuqaroligi bo‘lmagan etnik koreyslar mazkur dastur yordamida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish hamda yanada ishonchli huquqiy maqomga ega bo‘lish, shuningdek Koreya Respublikasida bo‘lish bilan bog‘liq qulayliklardan foydalana olishlariga umid bildiradi», — deyiladi xabarda.