2019 yil 5 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Kim Sang Yon boshchiligidagi «Samsung Electronics» delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

Tashrif doirasida «Samsung Electronics» hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, kompaniya ko‘magida universitetda ta’limda raqamli transformatsiyadan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Mehmonlar universitet laboratoriya xonalari, axborot resurs-markazi, mexatronika va metrologiya markazlarini ko‘zdan kechirib, talabalarning texnik loyihalari va innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.