Qatarning Doha shahrida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Vetnam, Kuvayt va Malayziya bilan birga “D” guruhidan joy oldi.

осиё кубоги u23, qur’a

O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqadagi ishtirokini Malayziyaga qarshi boshlaydi. Ikkinchi turda Kuvayt, uchinchi turda esa Vetnam bilan bahslashadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqadi.

Quyida qur’aning yakuniy natijasi bilan tanishishingiz mumkin.
осиё кубоги u23, qur’a

Ma’lumot uchun, turnir 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayigacha Qatarda o‘tkaziladi. Musobaqada eng yuqori 3 ta o‘rinni olgan terma jamoalar Parij olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.