O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi, oldi-sotdi bitimlari soni 21 mingtani tashkil etdi (bir oy oldin 23 mingta bo‘lgan), deya xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Ko‘chmas mulkni sotish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga kamaydi. Sotuvlar pasayishining eng yuqori sur’atlari Toshkent (27 foiz), Jizzax (19 foiz) va Sirdaryo (15 foiz) viloyatlarda qayd etildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

oktabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi sentabr oyidagi 9,1 dollarga nisbatan 4,4 foizga oshib, 1 kvadrat metr uchun 9,5 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning 11 ta tumanidan 10 tasida uy-joy ijarasi narxining oshishi qayd etilgan.

Shuningdek, oy davomida ikkilamchi bozorda bir kvadrat metr uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi 0,3 foizni tashkil etgan, o‘tgan yilning oktabr oyidan buyon ikkilamchi uy-joy narxi deyarli 20 foizga oshgan.
ижара narxi, ikkilamchi бозор, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk бозори, тошкент, uy-joy narxi