Voyaga yetmagan “Lacetti” avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli ag‘darilgan va YTH oqibatida avtomashinada bo‘lgan voyaga yetmagan bir nafar yo‘lovchi vafot etgan, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 1 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida voyaga yetmagan A.Q. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasini Qo‘qonboy mahallasida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotishi sababli ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida avtomashinada bo‘lgan voyaga yetmagan yo‘lovchi A.Ya. jarohatlanadi, keyinchalik u shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.