3 iyun kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi, deya xabar bermoqda Belarus prezidenti axborot xizmati.

Belarus prezidenti yangi hukumat tarkibini bo‘yicha takliflar borasida yig‘ilish o‘tkazgan. Lukashenko Vazirlar mahkamasi iste’fosini avgust oyida kutilayotgan prezidentlikka saylovlarga bog‘lagan.

Belarus prezidenti hukumatdagi o‘zgarishlar sezilarli bo‘lmasligini aytgan. “Hukumat o‘zgarishi oqibatida revolyutsiya bo‘lishini kutish kerak emas”, — degan u.

9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Aleksandr Lukashenko oltinchi marotaba prezidentlikka saylovlarda qatnashishini ma’lum qilgan.