“O‘rikzor” savdo majmuasi o‘z faoliyatini qayta tikladi, deya xabar berdi Uchtepa tuman xokimligi.

So‘nggi bir necha kun davomida Uchtepa tuman xokimiyati tomonidan “O‘rikzor” savdo majmuasining qayta ishga tushishi bo‘yicha xavfsizlik choralarini ko‘rayotgan edi.

4 iyun kuni, 14 kunlik karantindan keyin “O‘rikzor” savdo majmuasi qayta ochildi. Faqat qurilish materiallari bozori “Stroygorod” majmuasi bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, “O‘rikzor” savdo majmuasi 23 may kuni vaqtinchalik yopilgan edi.