Stab.uz internet do‘konida Andeli elektr texnik jihozlarini sotib olish mumkin
3 iyul 2020, 15:00

Stab.uz internet do‘konida Andeli elektr texnik jihozlarini sotib olish mumkin

Andeli elektr texnik jihozlarining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri hisoblangan Stab.uz internet do‘koni o‘z mijozlariga 30 ta toifadagi 1500 dan oshiq mahsulot bilan tanishish, osongina sotib olish va uygacha yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Xaridor nafaqat qulay narx va sifat, balki rasmiy kafolatga ham ega bo‘ladi.

Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
3 iyul 2020, 14:23

Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.

O‘zbek olimlarining koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topgani aytilmoqda
3 iyul 2020, 13:00

O‘zbek olimlarining koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topgani aytilmoqda

O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari koronavirus RNKsini tez va arzonga ajratish usulini topgani ma’lum qilindi.

AQSH tashkilotlari O‘zbekistonga 600 ming dollar miqdorida yordam taqdim etdi
3 iyul 2020, 12:54

AQSH tashkilotlari O‘zbekistonga 600 ming dollar miqdorida yordam taqdim etdi

Project Hope ijtimoiy yordam tashkiloti O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, koronavirusni aniqlash testlari va 600 ming dollarlik miqdorda tibbiyot jihozlari yubordi.

Navoiyda shifokorlarning koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi
3 iyul 2020, 12:11

Navoiyda shifokorlarning koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi

Navoiylik tibbiyot xodimining prezidentga murojaatidan keyin olib borilgan o‘rganishlarda u faoliyat ko‘rsatayotgan shifoxonada ayrim xodimlarning koronavirusga chalingani tasdiqlandi.

Diplomat Mirsobit Ochilov olamdan o‘tdi
3 iyul 2020, 11:36

Diplomat Mirsobit Ochilov olamdan o‘tdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, 2001−2009 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat olib borgan Mirsobit Ochilov vafot etdi.

Sergelidagi avtomobil bozorining o‘rnida Car Box Service loyihasi amalga oshiriladi
3 iyul 2020, 11:35

Sergelidagi avtomobil bozorining o‘rnida Car Box Service loyihasi amalga oshiriladi

“Sergeli” avtomobil bozorini Toshkent viloyatiga ko‘chirib, uning hududida Car Box Service avtomobillarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Malibu va MAN to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi vafot etdi
3 iyul 2020, 11:31

Malibu va MAN to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Samarqand tumanidagi M-39 avtomobil yo‘lida MAN yuk avtomashinasi va Malibu yengil avtomashinasi to‘qnashuvi natijasida Malibu avtomashinasining 3 nafar yo‘lovchisi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Koronavirus bemorlari soni 9200 nafarga yaqinlashdi
3 iyul 2020, 10:01

Koronavirus bemorlari soni 9200 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9199 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida, 48 nafari Toshkent shahrida va 4 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi. Shundan 19 nafari aholi orasida aniqlandi.

Moskvada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari tibbiy qo‘llab-quvvatlanadi
3 iyul 2020, 09:44

Moskvada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari tibbiy qo‘llab-quvvatlanadi

COVID-19 bemorlari bilan aloqada bo‘lgan yoki birga yashab kelgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Moskvada kasallik va infeksiyaga qarshi antitanachalar mavjudligini bepul tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kasallanganlarni davolashadi, sog‘lomlariga esa ish joyiga qaytish uchun rasmiy tibbiy ma’lumotnoma beriladi.

2 iyul kuni O‘zbekistonda 297 ta koronavirus holati aniqlanib, rekord yangilandi
2 iyul 2020, 23:59

2 iyul kuni O‘zbekistonda 297 ta koronavirus holati aniqlanib, rekord yangilandi

2 iyul kuni O‘zbekistonda 297 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 9078 taga yetdi. Kunlik o‘sish borasida yangi rekord qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi
2 iyul 2020, 20:03

Koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

Jahon banki ishtirokida COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun, bank tomonidan 95 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilib, bu mablag‘larga sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash hamda kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish ko‘zda tutilgan.

Xorijiy tovarlar uchun iste’mol kreditlarini berish taklif qilindi
2 iyul 2020, 19:54

Xorijiy tovarlar uchun iste’mol kreditlarini berish taklif qilindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol kreditlari berishni, shu bilan birga, kreditning o‘zini naqd va xorijiy valyutada berilishini taklif qildi.

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi
2 iyul 2020, 18:11

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolari to‘plandi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmoqda, deya xabar beradi TIV. Mazkur vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maxsus komissiyaga taqdim etildi. TIV Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolardan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmaslikni va hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini so‘radi.

Koronavirus bemorlari soni 9000 nafarga yaqinlashdi
2 iyul 2020, 17:46

Koronavirus bemorlari soni 9000 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus holatlari 92 taga ko‘payib, jami 8996 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 53 nafari aholi orasida qayd etildi. Kun davomida mamlakatda 215 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Buxorodagi avtohalokatda 3 kishi vafot etdi
2 iyul 2020, 17:26

Buxorodagi avtohalokatda 3 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida Cobalt avtomobili va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etgan.

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
2 iyul 2020, 17:13

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Abdullayev Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Microsoft kompaniyasi 25 million kishiga mo‘ljallangan bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi
2 iyul 2020, 17:00

Microsoft kompaniyasi 25 million kishiga mo‘ljallangan bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi

Microsoft kompaniyasi LinkedIn Learning, Microsoft Learn va GitHub Learning Lab platformalarining o‘quv materiallarini bepul taqdim etdi. Ushbu loyiha bilan 2020 yil oxirigacha 25 mln kishiga yangi kasbni o‘zlashtirishda yordam berish rejalashtirilgan. O‘quv kurslari 2021 yil mart oyining oxirigacha bepul bo‘ladi.

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi
2 iyul 2020, 16:52

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi. Uning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi manfiy natija bergani haqida ma’lum qilindi.

Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi
2 iyul 2020, 15:27

Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi

Qozog‘istonda COVID-19 holatlari ko‘payishi sababli 5 iyuldan boshlab karantin ikki haftaga kuchaytiriladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish va yopiq bozorlar, go‘zallik salonlari, bolalar bog‘chalari va boshqa ob’ektlar ish faoliyati taqiqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting