Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida ayrim xodimlarning koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani tasdiqlandi. Bu haqda Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq mazkur tibbiyot muassasi xodimi S.Ahmadov ijtimoiy tarmoq orqali prezidentga murojaat qilib, o‘zi faoliyat olib borayotgan shifoxonadagi ayrim xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lsa-da, mas’ullar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmagani bayon etgan edi.

Olib borilgan o‘o‘rganish va surishtiruv ishlariga ko‘ra, haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo‘limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining reanimatsiya bo‘limi karantinga yopilib, huquq tartibot xodimlari tomonidan qo‘riqqa olingan.

Muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar umumiy nazoartga olinib, karantin tartiblari qat’iylashtirilgan.