2 iyul kuni O‘zbekistonda 297 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shundan 183 nafari Karantin muassasalarida, 113 nafari aholi orasida (shundan 67 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 2 nafardan Sirdaryo viloyatida), 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 130 nafar, Qashqadaryo viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda️.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 39 076 nafar, statsionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.