Yaqindagina «Internet-do‘kon» — bu juda kam ishlatiladigan so‘z edi, undan qancha foydalanilganligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Bugungi kunda zamonaviy dunyoni internet-savdosiz tasavvur qilish qiyin. Foydalanuvchilarning juda ko‘pchiligi asosan mahsulotni va u haqida ma’lumotni aynan internetda tanlaydilar. Ko‘pgina onlayn-do‘konlar foydalanuvchilarga uydan chiqmasdan buyurtma berish va yetkazib berish bilan tovarlarni sotib olish imkoniyatini beradi. Bu, birinchi navbatda, vaqt va pulni tejash nuqtai nazaridan juda qulaydir.

Andeli elektr texnik jihozlarining birinchi shourum do‘koni O‘zbekistonda ilk bor o‘z faoliyatini 2015 yilda boshlagan. Uskunalar o‘zini nafaqat qulay narx va sifat nisbati jihatidan ko‘rsata oldi, balki uy ro‘zg‘or hamda sanoat elektr tarmoqlarini ta’minot, nazorat qilish va boshqarish sohasida ishonchlilik va xavfsizlikni namoyish etdi.


Bugungi kunda Andeli rasmiy do‘konlar tarmog‘i butun respublika bo‘ylab 10 dan ortiq do‘konlarga ega. Bundan tashqari, 2017 yildan boshlab shaxsiy internet do‘konining Stab.uz onlayn resursida barcha turdagi elektr uskunalarini sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Stab.uz internet do‘konida mijoz 30 ta toifadagi 1500 dan oshiq mahsulot bilan tanishishi va o‘zini qiziqtirgan har qanday mahsulotni osongina sotib olishi mumkin. Internet do‘konining eng ommabop, taniqli mahsulotlari quyidagilar:

  • avtomatik uzgichlar;
  • kuchlanish stabilizatorlari;
  • chastota o‘zgartirgichlari;
  • magnit ishga tushiruvchilar (kontaktor);
  • elektr shitlari;
  • transformatorlar;
  • UPS;
  • saqlagichlar;
  • kuchlanish relesi.

Stab.uz internet do‘konidagi Andeli rasmiy mahsulotlarining barcha yo‘nalishlarida eng dolzarb o‘rinlardan birini avtomatik kuchlanish stabilizatorlari egallaydi.


Aynan kuchlanish stabilizatori mijozlarning nafaqat uy anjomlarini, balki uydagi barcha maishiy texnikalarining ishonchliligini ta’minlaydigan asosiy vosita bo‘libgina qolmay, tijorat uskunalari va har qanday miqyosdagi ishlab chiqarish liniyalarining beqaror ishlashi va elektr tarmog‘idagi tok kuchlanishining keskin o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan muqarrar va jiddiy bo‘lgan buzilishlardan asosiy himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Kuchlanish stabilizatorining ishlash prinsipi shundan iboratki, sizning elektr tarmog‘ingizdagi kuchlanish qanchalik beqaror bo‘lmasin, qurilmalaringizning tez va rejadan tashqari ishdan chiqishini oldini olish va uskunangizga tuzatib bo‘lmaydigan darajadagi shikast yetkazmaslik uchun u o‘ziga ulangan barcha qurilmalar uchun, o‘zining nominal quvvatidan kelib chiqqan holda, kerakli kuchlanishni ta’minlab turadi.

Mijozga qaysi stabilizator kerakligini qanday aniqlash mumkin?

«Bu juda oson, Siz har doim Stab.uz saytida, shuningdek (+998) 97−725−88−84 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bizning mutaxassislarimizdan kuchlanish stabilizatorlarini tanlash bo‘yicha bepul yordam va professional darajadagi maslahatlarni olishingiz mumkin», — deyiladi internet do‘konining xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Stab.uz internet-do‘konida va respublika bo‘ylab butun do‘konlar tarmog‘ida taqdim etilgan barcha mahsulotlar rasmiy kafolatga ega. Barcha Andeli avtomatik kuchlanish stabilizatorlari uchun internet do‘koni xaridorlariga mijozning elektr ta’minoti tarmog‘ingining sifatidan qat’iy nazar ishlab chiqaruvchi zavod nomidan 1 yillik kafolat beradi.

Hozirgi vaqtda butun mahsulot liniyasini mamlakatning istalgan burchagiga yetkazib berish imkoniyati mavjud.

«Mahsulotlarga ikki marta bosish orqali onlayn tarzda buyurtma bering, Payme elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda tovarlar uchun pul o‘tkazing! Siz uyda qoling va biz esa sizning barcha elektr jihozlaringiz xavfsizligi haqida qayg‘uramiz!», — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (+998) 97−725−88−84 aloqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Sayt: stab.uz
Telegram: t.me/stab_uz
Instagram: @andeli_uzbekistan
E-mail: uz.stab@gmail.com

Reklama huquqi asosida