2 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8996 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida (shundan 30 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 47 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (barchasi aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 215 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.