Toshkent shahar hokimining qarori bilan Sardor Abdullayev poytaxt hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi poytaxt hokimligining matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar, S. Abdullayev Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatining mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Sardor Abdullayev 1983 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2001−2007 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.