Toshkentda elektrobus sinovdan o‘tkaziladi
19 noyabr 2020, 16:53

Toshkentda elektrobus sinovdan o‘tkaziladi

SamAuto kompaniyasi 2021−2022 yillarda elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Xitoylik BYD kompaniyasining elektrobusi — pol qismi past bo‘lgan, zinapoyalar va podiumsiz — 51-yo‘nalish bo‘ylab sinovdan o‘tkazish uchun «Toshshaxartransxizmat»ga topshirildi. SamAuto o‘z modelini ishlab chiqish uchun yo‘lovchilar va haydovchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganadi.

Temir mahsulotlarini arzon narxda olmoqchi bo‘lgan fuqaro $30 mingga aldandi
19 noyabr 2020, 16:42

Temir mahsulotlarini arzon narxda olmoqchi bo‘lgan fuqaro $30 mingga aldandi

Rishton tumanida Qirg‘izistondan arzon temir mahsulotlarini olib kelishi uchun tanishiga $30 ming AQSH dollarini bergan fuqaro aldanib qoldi. Uning ishonchiga kirgan shaxs pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi
19 noyabr 2020, 16:39

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi.

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlashning yangi tartibini taklif qildi
19 noyabr 2020, 16:39

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlashning yangi tartibini taklif qildi

Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlash borasida taklif qilayotgan yangi tartibiga ko‘ra, sub’ektlar kichik, o‘rta va yirik korxonalarga ajratilib, ularning o‘rtacha tushum miqdorlari belgilab qo‘yiladi.

Yevro xalqaro to‘lovlarda eng ko‘p qo‘llanadigan valyutaga aylandi
19 noyabr 2020, 16:23

Yevro xalqaro to‘lovlarda eng ko‘p qo‘llanadigan valyutaga aylandi

So‘ngi yetti yil ichida xalqaro to‘lovlarda yevro ulushi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning oktyabr oyida transchegaraviy to‘lovlarning 37,8 foizi yevroda, 37,6 foizi dollarda amalga oshirildi.

Xitoy «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Sianga parvozlarini bekor qildi
19 noyabr 2020, 16:12

Xitoy «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Sianga parvozlarini bekor qildi

23 noyabrdan boshlab Toshkentdan Sianga parvozlar to‘xtatilib, 4 hafta davomida reyslar bo‘lmaydi. Parvozlar bekor qilinishining sababi 5 noyabr kuni 11 ta yo‘lovchilarda koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bo‘lgan.

O‘zMUda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi
19 noyabr 2020, 15:33

O‘zMUda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan 2021−2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi. Rossiya va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 30 o‘rinni egalladi
19 noyabr 2020, 15:29

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 30 o‘rinni egalladi

2020 yilda Global ochlik indeksida eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilab, 30 o‘rinni egalladi. Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya davlatlari reytingda eng yuqori pog‘onada bo‘lsa, eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Timor Leste va Chad mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Samarqandda 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi bois ag‘darilib ketdi
19 noyabr 2020, 14:51

Samarqandda 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi bois ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

«Chilonzor tumanida chinor noqonuniy kesilgan» — Davlat ekologiya qo‘mitasi
19 noyabr 2020, 14:46

«Chilonzor tumanida chinor noqonuniy kesilgan» — Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, Toshkentning Gagarin ko‘chasida oltita daraxt qonuniy ravishda kesilgan, chunki ular qurib, kasallangan deb topilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan chinor noqonuniy ravishda kesilgan, buning zarari esa 43 mln so‘mga teng.

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov
19 noyabr 2020, 14:39

«Uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q» — Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘qligi, borining ham 60 foizga yaqini talab darajasida emasligini ta’kidladi. «Farzandlarimizni fiziologik-depressiv holatini yuzaga kelishini hisobga olsak, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati keskinlashishi, maktabga jinoyatni kirib kelgani bu — albatta ovqatlanish bilan bog‘liq masala», — dedi Alisher Qodirov.

Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
19 noyabr 2020, 12:48

Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

JSST bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurashish strategiyasini taqdim etdi
19 noyabr 2020, 12:34

JSST bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurashish strategiyasini taqdim etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bachadon bo‘yni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish bo‘yicha Global strategiyani ishlab chiqdi. Strategiyada taqdim etilgan tavsiyalarni amalga oshirish 2050 yilga kelib kasallanish holatlarini 40 foizga kamaytirishga va 5 million o‘limning oldini olishga imkon yaratadi.

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors ishi bo‘yicha sud qarori ustidan apellyatsiya berdi
19 noyabr 2020, 12:01

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors ishi bo‘yicha sud qarori ustidan apellyatsiya berdi

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors ishi bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini kiritdi. 30 oktyabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudi qo‘mita maxsus komissiyasining 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topgan edi.

Qirg‘izistonga 200 o‘rinlik shifoxona konteynerlari yuborildi
19 noyabr 2020, 11:30

Qirg‘izistonga 200 o‘rinlik shifoxona konteynerlari yuborildi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. Shuningdek, mamlakatga COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarni yuborish rejalashtirilgan.

9 oy ichida 647 nafar mansabdor shaxs korrupsiya uchun javobgarlikka tortildi
19 noyabr 2020, 11:19

9 oy ichida 647 nafar mansabdor shaxs korrupsiya uchun javobgarlikka tortildi

So‘nggi 9 oy ichida korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoiy ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi, 626 nafari esa shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Ushbu korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

9 oy ichida 2,4 millon dona avtomobil shinasi import qilindi
19 noyabr 2020, 11:11

9 oy ichida 2,4 millon dona avtomobil shinasi import qilindi

O‘zbekiston yanvar-sentyabr oylarida qiymati 50,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,4 million dona shina import qilgan. Eng ko‘p shinalar Xitoy, Chexiya va Koreya Respublikasi mamlakatlaridan import qilingan.

Toshkentdan qatnaydigan shaharlararo avtobuslar qatnovi 19 noyabrga bekor qilindi
19 noyabr 2020, 10:55

Toshkentdan qatnaydigan shaharlararo avtobuslar qatnovi 19 noyabrga bekor qilindi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari 19-noyabr sanasi uchun bekor qilindi.

AQSHda 2019−2020 yillar mobaynida 546 o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan
19 noyabr 2020, 10:39

AQSHda 2019−2020 yillar mobaynida 546 o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan

2019−2020 o‘quv yilida AQSHdagi o‘zbekistonlik talabalar soni 546 nafarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga kamroq.

Ilon Mask milliarderlar reytingida Sukerbergni ortda qoldirdi
19 noyabr 2020, 10:20

Ilon Mask milliarderlar reytingida Sukerbergni ortda qoldirdi

Ilon Mask Forbes va Bloomberg milliarderlar reytingida Mark Sukerbergni ortda qoldirdi. Tesla bosh direktorining boyligi yil oxiriga qadar kompaniyaning aksiyalari S&P 500 indeksiga kirishi haqidagi yangilik ostida o‘sib bormoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting