Xitoy fuqaro aviatsiyasi regulyatori (CAAC) «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Toshkent-Cian yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Sinxua yangiliklar agentligi xabar berdi. Bunga 5 noyabr kuni amalga oshirilgan reysning 11 yo‘lovchisida COVID-19 testining ijobiy natijasi aniqlangani sabab bo‘lgan.

HY501 reysining to‘xtatilishi 23 noyabrdan boshlab to‘rt hafta davom etadi, deyiladi xabarda.

Agar mamlakatga yetib kelgan barcha havo yo‘lovchilarida ketma-ket uch hafta davomida koronavirus tasdiqlanmasa, u holda aviakompaniya parvozlar sonini haftasiga ikkitaga ko‘paytirish uchun ruxsat oladi.

Agar COVID-19 ga topshirilgan test ijobiy natijalari 5 taga yetsa, u holda ushbu parvoz bir haftaga to‘xtatiladi. Agar bunday yo‘lovchilar soni 10 taga yetadigan bo‘lsa, u holda ushbu yo‘nalishdagi parvozlar to‘rt hafta davomida to‘xtatiladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Agentlik «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi bekor qilingan parvoz kvotalarini boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazishga haqli emasligini ta’kidladi.