Asamov Anvar Damirovich investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy kanali xabar berdi.

Bunga qadar Anvar Asamov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U ushbu lavozimda Sardor Umurzakovning o‘rnini egalladi.