Iyun oyida Farg‘ona viloyati Rishton tumanida fuqaro S.X. tanishi K.B.ning ishonchiga kirib, Qirg‘izistondan temir mahsulotlarini olib kelib berish evaziga 30 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritadi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berishicha, u bergan va’dasini bajarmasdan, pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasiga ko‘ra, firibgarlik — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.