2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan sudlarga yuborilgan 454 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 647 ta mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi qurashish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 9 oy mobaynida Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafari shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil etadi.

Eng ko‘p korrupsion holatlar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda (184 nafar), Xalq ta’limi vazirligi (89 nafar), Ichki ishlar vazirligi (59 nafar) va Sog‘liqni saqlash vaziriligi (57) tizimlarida uchragan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalari ko‘ra:

  • 7 nafar hokim o‘rinbosarlari;
  • 1 nafar prokuratura xodimi;
  • 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi;
  • 13 nafar Majburiy ijro byurosi xodimi;
  • 1 nafar adliya xodimi;
  • 59 nafar IIV xodimi;
  • 6 nafar DSQ xodimi;
  • 1 nafar bojxona xodimi;
  • 2 nafar Milliy gvardiya xodimi;
  • 3 nafar Mudofaa vazirligi xodimi;
  • 57 nafar sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi;
  • 8 nafar bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimi;
  • 15 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimi;
  • 89 nafar xalq ta’limi vazirligi xodimi;
  • 36 nafar maktabgacha ta’lim vazirligi xodimi;
  • 34 nafar bank rahbarlari;
  • 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari.

2020 yilning 9 oyi mobaynida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.