O‘zbekiston 2020 yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 50,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,4 million dona shina sotib olgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot kotibi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 320,2 ming donaga yoki 8,6 mln AQSH dollariga kam.

O‘zbekistonga yengil avtomobil shinasi asosan Xitoy davlatidan (34,4 mln AQSH dollariga) olib kirilgan.

O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston Xitoydan 34,8 mln dollar, Chexiyadan 8,7 mln dollar, Korea Respublikasidan 5,3 mln dollar, Rossiya Federatsiyasidan 1,0 mln dollar, Turkiyadan 0,5 mln dollar miqdoridagi yengil avtomobil shinasini import qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda yengil avtomobil shinasi importi asosan, Andijon viloyati (36,9 mln dollar), Toshkent shahri (7,3 mln dollar) hamda Samarqand viloyati (4,4 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.