Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingiga O‘zbekistonning to‘rtta universiteti kiritildi.


QS Emerging Europe and Central Asia University Rankings’dan quyidagi OTMlar joy oldi:

  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (251−300-o‘rin);
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (351−400);
  • Samarqand davlat universiteti (351−400);
  • Toshkent davlat texnika universiteti (351−400).

Ushbu reytingda eng yuqori o‘rinlarni M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Tartus universiteti (Estoniya), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) va Karlov universiteti (Chexiya) egalladi.