17 dekabr kuni tongda Nukusda (Qoraqalpog‘iston) ayollar yozda, karantin vaqtida jamoat ishlari uchun oyliklar to‘lanmaganligi sababli ko‘chani to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Makan.uz xabar qildi.

Videodan lavha. Manba: Makan.uz.

Nukusdagi manbalarning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ayollar markaziy chorrahalardan biri — A.Dosnazarov va M. Jumanazarov ko‘chalariga borib, shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi oldida turishgan. Keyinchalik ular shahar hokimligiga qabul qilindi.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan fotosuratni aks etgan Makan.uz nashrdan tasvirni o‘chirish so‘ralganini ma’lum qildi.

Bundan avval Andijonda va Buxoro viloyatining ikki tumanida fuqarolar elektr energiyasi va gaz yetkazish berilishidagi muammolar tufayli ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan edi.