2020 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 29,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisobotda keltirilgan.

1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 8,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.

Davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd dollar), Jahon banki (3,1 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.


O‘zbekistonning asosiy kreditorlari Xitoy eksim banki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va tashkiloti va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi.