Temur Ismoilovich Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati.

Tashkiliy masala Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqildi.

Temur Davletov Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Gazeta.uz» Oybek Xolboyevning Urganch shahar hokimi etib tayinlangani haqida xabar берганэди.