Xalq deputatlari Xorazm viloyati Xonqa tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Muradbek Saparboyevich Davlatov Xonqa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar Muradbek Davlatov O‘zbekiston Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlariga ham hokimlar tayinlangan edi.