«O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Madaniy meros kongressi doirasidagi Milliy kinematografiya ijodiy kunida Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanishini e’lon qildi, deya «O‘zbekkino» agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro festivali ilk bor 1968 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan saralab olingan filmlar qabul qilingan edi.


Bundan tashqari, tadbir doirasida «O‘zbekkino» tomonidan rossiyalik teleboshlovchi va prodyuser Valdis Pelsh va rejissyor Djanik Fayziyev bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.