Toshkent shahar Sergeli tumanida erkak do‘pposlanayotganligi aks этgaнвидеолавҳаga IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 18 yanvar kuni taxminan soat 23.50 larda 26 yoshli A.K. o‘zining boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobilida tanishlari 32 yoshli Z.X. va 40 yoshli Z.X. bilan Sergeli tumani 6-kvartaldagi avtoturargohga kelgan.

Shu vaqtda ikki nafar fuqaro — 30 yoshli muqaddam sudlangan A.A. va 30 yoshli X.X. mast holatda avtomobilning yo‘lini to‘sgan va fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

A.A. va X.X. avtomobilning oynalarini sindirib, unga shikast yetkazgan. Shundan so‘ng ular Z.X. va Z.X.larni urib, tan jarohati yetkazishgan.

Z.X.ga tan jarohati yetkazish jarayoni shu joydagi ko‘p qavatli uyda turadigan fuqaro tomonidan videoga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi («bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar A.A. va X.X.lar ushlangan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.