YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yanvar kuni soat 22:30larda, Samarqand viloyati, Samarqand shaxrida xaydovchi, R.E. (1967 y.t.) boshqaruvidagi «Nexia-2» hamda xaydovchi J.E. (2002 y.t.) boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobillar to‘qnashgan.

To‘qnashuv zarbidan «Lacetti» xaydovchisi boshqaruvni yo‘qotib svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan A.T. (1976 y.t.) boshqaruvidagi «Nexia» hamda P.Z.(1980 y.t.) boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobillari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.