Xitoy AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning ma’muriyatiga kirgan 28 nafar AQSH fuqarosiga, shu jumladan AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoga qarshi sanksiyalar e’lon qildi, deya xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.

Shuningdek, sanksiya e’lon qilinganlar safida AQSH milliy savdo kengashi direktori Piter Navarro, milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSH prezidenti maslahatchisi Robert O’Brayen ham bor.

Sanksiyalar Pekin izohiga ko‘ra, «Xitoy suverenitetini jiddiy ravishda buzgan» va Xitoy bilan bog‘liq masalalarda AQSH tomonining qarorlari uchun javobgar bo‘lgan siyosatchilarga nisbatan qo‘llanilgan.

Sanksiyalarga ko‘ra, ushbu shaxslarga, ularning oila a’zolariga va ularga tegishli kompaniya yoki tashkilotlarga Xitoy, Gonkong va Makaoga kirish va XXR bilan biznes qilish taqiqlab qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Pompeo bayonotda Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini genotsid deb e’lon qilgan edi.